21Sep-2026
“Kitobxon onalar kuni”
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Kitobxon onalar kuni” 2022-yil oktyabr oyidan buyon oyning har 17-sanasida o‘tkazib kelinadi. Loyihaning shiori “Barcha islohotlarni oila, onalar ma’naviyati bilan amalga oshiramiz” bo‘lib, ko‘zlangan maqsad esa jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratish, ezgu g‘oyalar, milliy qadriyatlar, urf-odat, muqaddas an’analarni singdirishga qaratilgan tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, kitob va kitobxolikni farzand, ayniqsa qizlar tarbiyasi, ta’limi, oila ma’naviyati, ma’rifatli jamiyat qurish bilan bog‘liq g‘oyalarni ilgari surish, oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlashdir. 2026 yil 17-sentabr kuni Qo’ng’irot tumani axborot kutubxona markazida navbatdagi «Kitobxon onalar» kuni boʻ lib o’tdi. Kitobxon ona To’rebayeva Munavvar Nargiza Erkaboyevaning » Magnit ayol» kitobining taqdimotini ótkazdi va tadbir qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
