Kutubxona tarixi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi «O`zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishni yanada takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-4354 son qaroriga asosan, Qo`ng`irot tumani Axborot kutubxona markazini tashkil etish va yangi ustavinidavlat ruyxatidan o`tkazishga ruxsat berish maqsadida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumani hokimining 2019-yil 25-oktabrdagi №138-b son Farmoyishi bilan vaqtincha 2019 yil 1-noyabrdan o’z faoliyatini boshladi.
Qo`ng`irot tumani Axborot kutubxona markazida o`n besh xodim ish olib boradi, 56181 kitob fondiga ega, shundan bolalar adabiyoti-1588, badiiy adabiyoti-44760, ijtimoiy-siyosiy – 2739, elektron kitoblar 6135, 80 dona disk audio kitoblar bor.
Kompyuterlar internet tarmog`iga ulangan.