03Aug-2026
«Yoz o‘tmoqda soz» mavzusida rasmlar tanlovi
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari «Jayxun-2» oromgohi bolalari o‘rtasida «Yoz o‘tmoqda soz» mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazishdi.
Bolalar o‘z tasavvuridagi yoz manzarasini juda chiroyli qilib chizishdi. Keyin esa har bir bola o‘z chizgan rasmini ko‘rsatib, undagi yozgi taassurotlarini va sarguzashtlarini zavq bilan aytib berdi. Kutubxona xodimi ham bolalarning ishlarini ko‘rib, ularning ijodini juda yuqori baholadi va har biriga o‘zining iliq fikrlarini bildirdi.
Tanlov bolalarning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy fikrlashini rivojlantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. Tadbir davomida bolalar bir-birining ishlari bilan tanishib, o‘zaro fikr almashdilar va ko‘tarinki kayfiyatda vaqt o‘tkazdilar.

