21Sep-2026
Kitobxon onalar kuni
Oila va Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Xotin qizlarni qóllab-quvvatlash, ularning madaniyatini, tafakkurini yuksaltirish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asos har oyning 17 sanasi “Kitobxon onalar” kuni deb belgilandi. Shu munosabat bilan 2026 yil 7-sentabr kuni Qoʻngʻirot tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” tashkillashtirildi.
Tadbirda faol kitobxon onalar Ziyatova Inabat o’zlari o‘qigan I. Smamutovning «Sizlerge aytip ketejaqpan» hamda Utemisova Zina “ Perdegul Xojamuratovaning ”Hujdan sudi” kitobining taqdimotini o‘tkazdi. Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — har bir xonadonda kitobxonlik muhitini shakllantirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-ma’naviy faolligini oshirish hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida mutolaaga bo‘lgan samimiy mehr-muhabbatni uyg‘otishdir.
Zero, ma’rifatli va kitobxon ona tarbiyasini olgan farzand kitobni o‘zining eng yaqin va sodiq do‘sti deb biladi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar nafaqat bilimli va zukko yoshlarni tarbiyalashga, balki poydevori mustahkam, ma’nan boy oilalarni barpo etishga xizmat qiladi. Asar haqida bahs munozaralar bo‘lib o‘tdi va kitobxonlar asar haqida o`z fikr mulohazalariini bildirishdi.
