21Sep-2026
«Yurt va millat fidoiylari yoddan chiqmaslar» davra suxbati
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son topshiriqlarini ta’minlash maqsadida Qo’ng’irot tumani axborot kutubxona markazida «Yurt va millat fidoiylari yoddan chiqmaslar» mavzusida Qoraqalpog’iston Respublikasi Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Har bir millar va elatning o’z tarixi bor. Tarix zamirida esa milliy, o’zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg’usi mujassam. Sir emaski, yetmish yildan ortiq davr mobaynida davom etgan sobiq sho’ro tuzumi davrida xalqimizning ana shu tuyg’usi toptaldi, tariximizni xolis o’rganishga, milliy, diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga yo’l qo’yilmadi. Turli manbalarda ta’kidlanishicha qatag’on yillarida yuz minglab turkistonliklar Vatandan bosh olib chiqib ketishdi, yuz minglab kishilar uzoq Shimolga, Sibirga, shuningdek Ukraina, Shimoly Kavkaz, Ural, Qozog’iston davlatlariga badarg’a qilindi.
Qatag’on qurbonlarining nomlarini oqlash hali ham davom etmoqda.Bibliografiya xizmati rahbari P.Rejepova qatag’on qurbonlari haqida ma’lumotlar bilan tanishtirib o’tdi.Davra suhbati qizg’in bahs- munozaralarga boy bo’ldi.
