21Sep-2026
Siyosiy ma`rifat soati
#Siyosiy_marifat_soati
📚 Siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi soni
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari “Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi sonida onlayn tarzda ishtirok etdilar.
Siyosiy-ma’rifat soatida mamlakatimizda va xalqaro maydonda ro‘y berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy voqealar, davlatimiz rahbarining amalga oshirayotgan tashriflari hamda uchrashuvlari haqida ma’lumotlar berildi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi
O‘tgan hafta Yangi Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulug‘ ayyom — Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, Prezidentimiz Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib, Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi.
Prezidentimiz Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga ham tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga hurmat bajo keltirdi.
🇮🇳 O‘zbekiston–Hindiston munosabatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 29–30-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi. Tashrif doirasida tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazildi.
Ko‘ksaroy qarorgohida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga O‘zbekiston Respublikasining oliy darajali davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng ikki davlat rahbarlari Faxriy mehmonlar xiyoboniga daraxt ekdilar.
🌏 Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti
Davlatimiz rahbari 30-avgust — 1-sentabr kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “ShHT Plus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ldi.
Bishkekdagi sammit doirasida Prezidentimiz Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ham ishtirok etdi.
📖 Siyosiy-ma’rifat soati davomida mazkur muhim voqealar yuzasidan xodimlarning siyosiy bilim va dunyoqarashini yanada oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
