24Aug-2026
«Muvaffaqiyatsizlikdan muvaffaqiyatga»
Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlar ishtirokini kuchaytirish maqsadida Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida navbatdagi muhim va qiziqarli tadbir tashkil etildi.
Jumladan, boshqaruv va tadbirkorlik sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yosh tadbirkor, «Utegenov» xususiy ixtisoslashtirilgan maktabi asoschisi G‘ayratdin Utegenov ishtirokida yoshlar bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv mavzusi: «Muvaffaqiyatsizlikdan muvaffaqiyatga»
Mazkur muloqot davomida Axborot-kutubxona markazi rahbari hamda yosh tadbirkor ishtirok etib, yoshlar uchun boshqaruv ko‘nikmalari, zamonaviy biznes va ta’limdagi o‘zgarishlar hamda liderlik fazilatlari haqida o‘zlarining boy hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
