24Aug-2026
«Qatag’on qurbonlari nomi o’chmasdir»
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son qarori topshiriqlari va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-noyabrdagi 76-sonli va Qoraqalpog’iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazining 2025-yil 17-noyabrdagi 35-son buyrug’ini ta’minlash maqsadida Qo’ng’irot tumani axborot kutubxona markazida «Qatag’on qurbonlari nomi o’chmasdir» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Vatanimiz isgiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo’lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag’on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o’rganish va targ’ib qilish bizning burchimizdir.Davra suhbatiga Qo’ng’irot tumani IIB xodimlari qatnashdilar. Bibliografiya xizmati rahbari P. Rejepova qatag’on qurbonlari haqida ma’lumot berib o’tdi.
