03Aug-2026
30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv
Mamlakatimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasida hukm surayotgan tinchlik, totuvlik va o‘zaro hurmat muhitini asrab-avaylash, do‘stlik va hamjihatlik qadriyatlarini yanada mustahkamlash har bir fuqaroning muhim burchidir.
30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Qo‘ng‘irot tumani “Yoshlar saylgohida” ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy bayram tadbiri va tuman hokimi bitiruvchi yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan turli millat va qardosh xalqlar yozuvchi shoirlarining kitoblari ko’rgazmasi tashkillashtirildi.
