03Aug-2026
Sarguzasht va fantastika olamiga sayohat!
Sarguzasht va fantastika olamiga sayohat!
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida “Minimum” klubi a’zolari bilan birgalikda navbatdagi qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✨ Uchrashuv “Sarguzasht va fantastika” mavzusiga bag‘ishlanib, interaktiv kitoblar muhokamasi va qizg‘in viktorina shaklida tashkil etildi.
Tadbir davomida: 📖 Ishtirokchilar o‘zlari o‘qigan eng sevimli sarguzasht hamda fantastik asarlar, ularning qiziqarli syujetlari va qahramonlari haqida fikr alishdilar. ❓ Zukko kitobxonlar o‘rtasida asarlar mazmuni bo‘yicha bellashuv — viktorina o‘tkazildi. 🔍 Kutubxona fondidagi eng saralangan fantastik kitoblar ko‘rgazmasi va sharhi taqdim etildi.
🎁 Viktorinada va muhokamalarda o‘zining bilimdonligi hamda faolligi bilan ajralib turgan klub a’zolari munosib e’tirof etildi.
Kitob — insonga tasavvur va imkoniyatlar eshigini ochuvchi kalitdir. Biz bilan birga mutolaa qiling!
