30Jul-2026
«Kitob kirmagan xonadon yo‘q, kitob o‘qimagan inson qolmasligi kerak»
«Kitob kirmagan xonadon yo‘q, kitob o‘qimagan inson qolmasligi kerak».
📌 Respublika mahallani qo’llab quvvatlash kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi 122-son bayonining 6-Mahallaning xizmat binolarida kutubxonalar tashkil qilish va ularning faoliyatini samarali yo’lga qo’yish bandiga muvofiq Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Qo’ng’irot tumanidagi «Ajiniyaz» OFY Mamit qishlig’i fuqoralari uchun Mahalla kutubxona tashkillashtirildi. «Ajiniyaz» OFY Mamit qishlig’ida 283 nafar axoli istiqomat qiladi, tuman markazidan 6 km uzoqlikda jaylashgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari tog’risida» gi 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarorini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan dastlabki bosqichda 200 donadan ziyod o‘zbek va qoraqalpoq adiblarning eng sara badiiy, tarixiy kitoblari joylashtirildi.
Endilikda hudud aholisi va yoshlari tuman markaziga kelmasdan, o‘z mahallalarining o‘zida turib kitob fondidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Navbatdagi rejalarimiz:
Qo’ng’irot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan mazkur kutubxona fondini har oyda yangilab turish rejalashtirilgan.
