30Jul-2026
«Qatag’on qurbonlari xotirasi mangu barhayot»
2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatag’on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ’ib qilish hamda ularning porloq xotirasini yod etish maqsadida, Qoʻngʻirot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Qo’ng’irot Davlat O’rmon ovchilik xo’jaligi xodimlari ishtirokida «Qatag’on qurbonlari xotirasi mangu barhayot» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbati davomida mustaqilligimiz, xalqimizning ozodligi va porloq kelajagi yo‘lida jon fido qilgan millatimiz fidoiylari, jadid bobolarimizning hayot yo‘li, ularning ma’rifatparvarlik faoliyati hamda qatag‘on yillaridagi achchiq qismati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan mavzuga oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilarga tuman kutubxonasida mavjud bo‘lgan tarixiy va badiiy adabiyotlar tanishtirildi.
