30Jul-2026
«Bolalikning sehrli osmoni»nomli ertak qahramonlari olamiga sayohat
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari «Jayxun-2» dam olish oromgohi tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda qiziqarli audio kitob mutolaasini o‘tkazdilar.
Bolajonlar «Bolalikning sehrli osmoni» mavzusida jamlangan «Chinorbek» nomli audio kitobni tinglab, ertak qahramonlari olamiga sayohat qilishdi. Zamonaviy formatdagi ushbu audio kitob eshittirishi bolalarda katta taassurot qoldirdi.
