30Jul-2026
«Kim bo’lsam ekan» mavzusi doirasida davra suhbati
Bugun Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi «Jayxun-2» dam olish oromgohi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Kim bo’lsam ekan» mavzusi doirasida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Ushbu davra suhbati davomida o’quvchilar o’zlari qiziqqan va yoqtirgan kelajak kasblari haqida o‘zaro fikr almashib, erkin muloqot qildilar. Bolajonlarning kasblar olami haqidagi tasavvurlarini yanada boyitish maqsadida turli soha egalari faoliyatiga bag‘ishlangan qiziqarli videorolik namoyish etildi.
Suhbat davomida o‘g‘il-qizlar kelajakda qaysi kasbni tanlamoqchi ekanliklari, yurtimiz rivojiga qanday hissa qo‘shishni maqsad qilganliklari haqida so‘zlab berdilar. Bu kabi samimiy muloqotlar o‘quvchilarning maqsadlari sari to‘g‘ri yo‘l tanlashlariga hamda yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishlariga yordam beradi.
