24Jul-2026
«Kitob mening do’stimsan» mavzusi kitob o’qish soati
Bugun Qo‘ng‘irot tumani Axborot – kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Jayhun-2» bolalar oromgohi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Kitob mening do’stimsan» mavzusi kitob o’qish soati bo’lib o’tdi.
Bunda o‘quvchilar maroqli mutolaa qilishdi. O‘zlari yoqtirgan ertak, hikoya va qiziqarli asarlarni o‘qib, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdi.
Ertak va hikoyalarni so‘zlab berishdi. O‘zlari o‘qigan asarlar mazmunini o‘z so‘zlari bilan tengdoshlariga maroqli qilib gapirib berishdi. Fikr almashdilar. Qahramonlar xulq-atvori haqida birgalikda fikrlashib, o‘zlariga xulosa chiqarishdi. Sevimli kitoblaridan parchalar o‘qib berib, so‘z boyligi va fikrlash qobiliyatini namoyon etishdi.
Bu kabi mashg‘ulotlar bolalarning yozgi ta’tilda kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga va do‘stona muhitda bilim olishiga xizmat qilmoqda.
