24Jul-2026
«Sarguzasht va fantastika» mavzusidagi qiziqarli asarlar muhokamasi
Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazining «Minimum» klubi a’zolari tasavvur chegaralarini buzib o‘tishdi! Navbatdagi uchrashuv eng hayajonli janrlardan biri — «Sarguzasht va fantastika» mavzusidagi qiziqarli asarlar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Uchrashuv nafaqat kitoblar tahlili, balki yoshlarning zukkoligini sinovdan o‘tkazgan qiziqarli viktorina (savol-javob) o‘yini bilan yanada qizg‘in tus oldi.
🌌 Klub a’zolari bilan birgalikda:
🛸 Dunyo adabiyotidagi mashhur ilmiy-fantastik va sarguzasht asarlarning sirli olamiga sayohat qildik;
🧠 Viktorina davomida kitobxonlar fantastik qahramonlar, kutilmagan syujetlar va mantiqiy savollarga tezkor javob berib, o‘z bilimlarini sinashdi;
💡 Inson tasavvur dunyosi va ilmiy kashfiyotlarning adabiyotdagi o‘rni haqida erkin fikr almashildi.
»Fantastika — bu bugungi kun tasavvuri va ertangi kunning haqiqatidir. Sarguzasht esa bizni uydan chiqmay turib butun dunyoni kezishga majbur qiladi.»
