21Jul-2026
Chilpiqqa virtual sayohat!
📚Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazi:
#Chilpiq #Turizm #Oromgohda_yoz 🏜️🦅
Bolajonlar bilan Qoraqalpog‘istonning qadimiy mo‘jizasi — Chilpiqqa virtual sayohat!
Yozgi ta’til kunlarini mazmunli va qiziqarli o‘tkazish maqsadida, Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Jayhun-2» bolalar dam olish markazida o‘lkashunoslik soati va qiziqarli uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarga Qoraqalpog‘istonning eng qadimiy va sirli obidalaridan biri — Chilpiq (Sukunat minorasi) haqida g‘oyat qiziqarli ma’lumotlar berildi. Amudaryo bo‘yidagi tabiiy tepalik ustida joylashgan, bundan deyarli ikki ming yil muqaddam qurilgan ushbu tarixiy maskanning kelib chiqish tarixi, zardushtiylik madaniyati va qadimiy ajdodlarimiz hayoti haqidagi hikoyalar bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Oromgoh tarbiyalanuvchilari nafaqat Chilpiq minorasi, balki o‘lkamizning boshqa turistik maskanlari va qadimiy qal’alari haqida ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
