21Jul-2026
G‘ururimiz va faxrimiz — Davlat gerbi!
#Davlatimiz_ramzi 🇺🇿✨
G‘ururimiz va faxrimiz — Davlat gerbi!
Davlatimiz ramzi – Gerb xalqimizning shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etgan muqaddas timsoldir. Uni e’zozlash — o‘zining, o‘z mamlakatining qadr-qimmatini bilgan har bir insonning muqaddas burchidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan «Jayhun-2» bolalar dam olish markazida Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida oromgohda dam olayotgan bolajonlarga gerbimizdagi har bir ramz — baxt va hurlik timsoli bo‘lmish Humo qushi, gullayotgan vodiy, quyosh nurlari, bug‘doy boshoqlari hamda paxta chanoqlarining mazmun-mohiyati qiziqarli tarzda tushuntirib berildi.
Yozgi ta’til kunlarida tashkil etilayotgan bunday ma’rifiy uchrashuvlar o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va milliy ramzlarimizga nisbatan cheksiz hurmat tuyg‘usini yuksaltiradi.
