21Jul-2026
«Detektiv janr ustasi» mavzusida davra suhbati
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Jayhun-2» yozgi dam olish markazida «Detektiv janr ustasi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Jahon adabiyotining yorqin namoyandasi, detektiv janri qirolichasi Agata Kristi hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ushbu tadbir dam oluvchi bolalar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir davomida Axborot-kutubxona markazi xodimi so‘zga chiqib, adibaning dunyo adabiyoti olamiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning asarlaridagi o‘ziga xos psixologik tahlil usullari hamda barchaga yaxshi tanish bo‘lgan detektivlar — Erkyul Puaro va Miss Marpl kabi personajlarning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Yozgi ta’til kunlarida kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi bunday uchrashuvlar bolalarning dunyoqarashini kengaytirishga va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqda.
