07Jul-2026
«Yoshlar kuni» munosabati bilan bayram tadbiri
O’zbekistonda har yili 30-iyun Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan «Yoshlar kuni» sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana 2017-yildan buyon mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida rasman bayram qilinadi. Bu yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, kelajagi uchun davlatning e’tiborini yuqori ekanligidan darak beruvchi sanalardan biridir. Bugungi yoshlarimizning bilimga chanqoqligi, mehnatsevarligi va tashabbuskorligi mamlakatimizning kelajagi uchun katta umidlar uyg‘otadi. Ularning har bir qadamida yurtimizning yorqin istiqboli yotadi.
Bu kun munosabati bilan butun respublika bo’ylab turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, festivallar hamda yoshlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etiladi.
Qoʻngʻirot tumani Yoshlar saylgohida ham 30-iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbir doirasida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tuman hokimi har sohada faol, iqtidorli yoshlarni taqdirladi. Qoʻngʻirot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yangi kitoblar koʻrgazmasi tashkillashtirildi . Yoshlarga axborot-kutubxonadan foydalanish tartibi, «medianatlib.uz bazasidagi QR-kodli elektron kitoblar targ‘iboti hamda Milliy kutubxonaning medianatlib.uz bazasi» QR-kod orqali elektron kitoblardan foydalanish tartibi va uning afzalliklari haqida ma’lumot berildi. Foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma’lumot beruvchi reklama qog‘ozlari tarqatildi.
