07Jul-2026
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida davra suhbati
Bugun, 30-iyun kuni Qoʻngʻirot
tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Jayhun-2» bolalarning yozgi dam olish markazida «Kutubxona reportajlari» mavzusida Ommaviy axborot vositalari (OAV) toʻgʻrisida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodning media-savodxonligini oshirish, zamonaviy axborot makonida toʻgʻri va xolis axborot tarqatish koʻnikmalarini shakllantirish hamda kutubxona hayotini qiziqarli reportajlar orqali yoritish sirlarini oʻrgatishdan iborat boʻldi.
