07Jul-2026
«Bir rasm, bir hikoya» nomli rasmlar mashg‘uloti
Tasavvur chegarasiz: Har bir rasm — yangi sarguzasht!
Bugun «Jayhun-2» bolalarning yozgi dam olish markazida shodon kulgi va ijodiy baxs muhiti hukmron bo‘ldi. Qo‘ng‘irot tumani axborot kutubxona markazi xodimlari bolalar bilan «Bir rasm, bir hikoya» nomli rasmlar mashg‘ulotini o‘tkazdilar.
Bu loyihada bolalar chizmadi, aksincha — tayyor rasmlarga qarab o‘z hayollari bilan «jon bag‘ishladilar»! Har bir bola ko‘rsatilgan rasm asosida o‘zining unikal hikoyasini so‘zlab berdi. Kimdir quvnoq sarguzasht, kimdir esa qiziqarli detektiv syujet o‘ylab topdi. 😊
Bolalarning nutq madaniyatini o‘stirish va kitobga poydevor yaratish uchun bunday interaktiv o‘yinlar juda muhim. Tadbirdan yorqin lahzalar va bolalarning hayajonli daqiqalarini tomosha qiling!
