07Jul-2026
«Kutubxona, men va kutubxona» mavzusida mahorat darsi
#Yoz_otmoqda_soz ☀️🏕📚
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Jayhun-2» bolalarning yozgi dam olish oromgohida navbatdagi qiziqarli va zamonaviy loyiha amalga oshirildi!
Oromgohdagi bolajonlar uchun «Kutubxona, men va kutubxona» mavzusida mahorat darsi va kitob o‘qish soati tashkil etildi.
🎬📱Bugungi yosh avlodni faqatgina mutolaaga chorlash emas, balki ularga kitobxonlikni zamonaviy media vositalari orqali targ‘ib qilishni o‘rgatish — davr talabi. Shuni hisobga olgan holda, kutubxonamiz mutaxassislari bolalarga media savodxonlik va kutubxonachilikni o‘zaro birlashtirish tushunchalarini interaktiv usulda tushuntirib berdilar.
Yozgi ta’til davomida kitob va zamonaviy media olami bilan sayohatimiz davom etadi!
