03Jul-2026
«Giyohvandlik — umr zavoli» mavzusida davra suhbati
#Giyohvandlikka_qarshi_kurash_kuni
Kelajagimizni birgalikda asraylik:
Har yili 26-iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu kunning asosiy maqsadi — asr vabosiga aylangan giyohvandlikning inson sog‘lig‘i, oilalar va jamiyatga yetkazadigan jiddiy zararlari haqida aholining xabardorligini oshirish hamda unga qarshi global kurashni kuchaytirishdan iborat.
Shu munosabat bilan, 2026-yil 26-iyun kuni Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi hamkorligida «Giyohvandlik — umr zavoli» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Qo‘ng‘irot tumani Tibbiyot birlashmasi shifokori G.Jumaniyazova ma’ruza bilan ishtirok etdi. Shifokor o‘z nutqida giyohvandlik vositalarining organizmga halokatli ta’siri, yoshlar hayotini barbod qilayotgan sintetik narkotiklarning xavfi haqida hayotiy misollar bilan tushunchalar berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga giyohvandlikning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi maxsus eslatma-bukletlar tarqatildi.
Keling, jamiyatimizdan giyohvandlik illatini butunlay yo‘q qilish va sog‘lom kelajak barpo etish yo‘lida birgalikda harakat qilaylik! Sog‘lom tana va yorug‘ kelajak o‘z qo‘limizda!
#SoglomHayot #BizGiyohvandlikkaQarshimiz
