03Jul-2026
«Biz giyohvandlikka qarshimiz» mavzusida rasmlar tanlovi
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Jayhun-2» bolalar oromgohi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Biz giyohvandlikka qarshimiz» mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlov davomida bolajonlar giyohvandlikning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati hamda zararli illatlardan yiroq bo‘lish g‘oyalarini o‘z rasmlarida mahorat bilan aks ettirdilar. Ishtirokchilar tomonidan chizilgan ijodiy ishlar ularning keng dunyoqarashi, iste’dodi va sog‘lom hayotga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdi.
Mazkur tanlov yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga, ularni turli zararli illatlardan asrashga hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
