19Jun-2026
Puflab yetkaz” nomli jamoaviy o‘yin
#Qiziqarli_oyinlar
Bugun «Jayhun-2» oromgoh tarbiyalanuvchilari o‘rtasida qiziqarli va zavqli “Puflab yetkaz” nomli jamoaviy o‘yin tashkil etildi. O‘yin davomida bolalar ikki guruhga bo‘linib, o‘zaro bellashdilar. Har bir guruhga stakan va sharlar berildi. Ishtirokchilarning vazifasi sharni stakan ichiga joylashtirib, unga qo‘l tekkizmasdan faqat puflash orqali stakanni ag‘darib yubormagan holda belgilangan manzilga yetkazishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur o‘yin bolalarning chaqqonligi, epchilligi, diqqat-e’tibori hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. O‘yin jarayonida tarbiyalanuvchilar faol ishtirok etib, ko‘tarinki kayfiyat va quvonchli lahzalarga boy vaqt o‘tkazdilar. Tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik muhiti yanada mustahkamlandi.
