19Jun-2026
#Tabiat_qoynida_kitob_oqish
#Yoz_otmoqda_soz
Bugun «Jayhun-2» bolalar oromgohi tarbiyalanuvchilari uchun tabiat qo‘ynida kitobxonlik mashg‘uloti tashkil etildi. Yashil daraxtlar soyasida, musaffo osmon ostida, tabiat qo’ynida kitob mutolaa qilgan bolalar o‘zlari tanlagan asarlarni qiziqish bilan o‘qidilar.
Mashg‘ulot davomida kitoblarning mazmuni haqida suhbatlar o‘tkazilib, qahramonlar hayoti va asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan fikrlar bildirildi. Tabiat bag‘rida kitob o‘qish bolalarga nafaqat maroqli dam olish, balki yangi bilim va taassurotlar olish imkoniyatini ham yaratdi.
Kitob insonni ma’naviy boyitadi, tafakkurini kengaytiradi va ezgu fazilatlarni shakllantiradi. Shu bois bunday kitobxonlik tadbirlari yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
