18Jun-2026
«Teatr va kino kuni» tadbiri
«Kinokarvon» loyihasi doirasida Qo‘ng‘irot tumani «Jayhun-2» bolalar oramgohida bolalar uchun navbatdagi «Teatr va kino kuni» tadbiri tashkil etildi.
🎥 Tadbir davomida o‘zbek kinosining biri bo‘lgan «Uch-qohromon» kinosi namoyish etildi. Film o‘zining qiziqarli voqealari, tarbiyaviy ahamiyati va milliy qadriyatlarni aks ettirishi bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
📚 Film namoyishidan so‘ng ishtirokchilar bilan mazmunli suhbat tashkil etilib, asarda ilgari surilgan g‘oyalar, insoniy fazilatlar hamda yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bolalar jamoasining madaniy dunyoqarashini kengaytirish, milliy kino san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
