18Jun-2026
Ochiq havoda mutolaa
#Yoz_otmoqda_soz
📚🌿TABIAT QO‘YNIDA MUTOLAA📚
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari “Jayhun-2” bolalar oromgohida dam olayotgan bolalar bilan birgalikda ochiq havoda mutolaa tadbirini tashkil etdilar.
Musaffo havo, go‘zal tabiat va qiziqarli kitoblar uyg‘unligi bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining sevimli asarlarini mutolaa qilib, o‘qigan kitoblari yuzasidan fikr almashdilar.
📖 Kitob — bilim manbai, mutolaa esa ma’naviyat sari yetaklovchi yo‘ldir.
#TabiatQoynidaMutolaa #Kitobxonlik #MutolaaMadaniyati #QongirotAKM #Jayhun2

