18Jun-2026
Jayhun-2 bolalar oromgohida
Jayhun-2 bolalar oromgohida
“Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” taqdirlandi
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Jayhun-2 bolalar oromgohida kitobxonlikni targ‘ib etish va yoshlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlash marosimi tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida kitob mutolaasiga alohida qiziqish bildirgan, kutubxona faoliyatida muntazam ishtirok etgan hamda o‘z bilim va dunyoqarashi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan faol kitobxonlar e’tirof etildi.
🏆 G‘olib va faol ishtirokchilar diplom, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimi bolalarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularni yangi bilimlar sari ilhomlantirdi.
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan bu kabi tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

