18Jun-2026
“Rus adabiyoti she’riyatining yorqin namoyandasi”
#Rus_adabiyoti_sheriyatining_yorqin_namoyandasi
#yoz_ótmoqda_soz
2026-yil 10-iyun kuni Jayhun-2 bolalar oromgohida “Rus adabiyoti she’riyatining yorqin namoyandasi” mavzusida rus adabiyotining buyuk shoiri va yozuvchisi Mixail Yuryevich Lermontov hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning maqsadi bolalarni jahon adabiyotining nodir namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va badiiy asarlarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida ishtirokchilarga Lermontovning bolalik yillari, ijodiy faoliyati, rus adabiyotidagi o‘rni va uning mashhur asarlari haqida ma’lumotlar berildi.
Bolalar shoirning she’riy merosi bilan tanishib, uning asarlarida inson qalbi, erkinlik, vatanparvarlik va tabiat go‘zalligi mavzulari chuqur aks etganini muhokama qildilar. Shuningdek, Lermontov ijodining bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolayotgani va uning asarlari dunyo kitobxonlari tomonidan sevib mutolaa qilinayotgani ta’kidlandi.
Tadbir davomida bolalar tomonidan shoirning she’rlaridan parchalar o‘qildi, savol-javoblar tashkil etildi hamda ishtirokchilar o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Faol qatnashgan bolalar rag‘batlantirilib, ularga mutolaani muntazam davom ettirish tavsiya etildi.
Davra suhbati yakunida kitob va adabiyot inson ma’naviy kamolotining muhim omili ekani, buyuk adiblar ijodini o‘rganish esa yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi. Tadbir bolalarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularni mutolaa orqali bilim va ma’naviyat sari yetakladi.
☀️ Yozni kitob bilan mutolaada o‘tkazing!
