18Jun-2026
Qatag’on qurbonlari
#qatagon_qurbonlari
Har bir millat va elatning o’z tarixi bor. Tarix zamirida esa, milliy o’zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg’usi mujassam.
Turli manbalarda ta’kidlanishicha, qatag’on yillarida yuz minglab turkistonliklar Vatandan bosh olib xorijiy mamlakatlarga chiqib ketdi, yuz minglab kishilar Sibirga, Uzoq Shimolga badarg’a qilindi.
Qatag’on, avvalo ziyolilarga qarshi qaratilgan edi.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida tarixiy haqiqatni qaror toptirish, xususan Vatanimiz ozodligi va erkinligi yo’lida qurbon bo’lgan xalqimiz farzandlari nomini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini o’rganish, tadqiq va targ’ib etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Qo’ng’irot tumani axborot kutubxona markazi xodimlari MMTBga qarashli 20-sonli maktabda «Istibdoddan istiqlolgacha» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatini kutubxona xodimi J. Toxtarova olib bordi.
Bu yorug’ va dorilamon kunlar yo’lida qurbon bo’lganlar ruhini shod etish, tinch-osoyishta zamonning qadriga yetish, shukronalik tuyg’ularini his etish bizga katta quvvat bag’ishlaydi.

