12Jun-2026
“Bugungi men – ertangi men” mavzusida davra suhbati
#Bugungi_men_ertangi_men
#Yoz_otmoqda_soz
2026-yil 8-iyun kuni Jayhun-2 bolalar oromgohida kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan tashkil etildi.
Bugungi kunda jamiyatimizning kelajagi bo‘lgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois tadbir davomida bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat jarayonida bolalarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning shaxs kamolotiga ta’siri hamda kelajakdagi muvaffaqiyatlarga erishishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr almashib, qiziqarli savol-javoblarda faol qatnashdilar.
☀️ Yozni kitob bilan mutolaada o‘tkazing!
