12Jun-2026
“Mustaqillik to‘yi” festivali
#Millatlararo_totuvlik
#Mustaqillimizning_35yilligi
Bugun 2026-yil 22-may kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi hamda Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shioti ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi boshlig‘i Umitay Tileumuratova hamda Qo‘ng‘irot tumani hokimligi din ishlari bo’yicha bosh mutaxassisi Yusuf Kalikeev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy qutladi. Ular mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, tadbir mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat, mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab, mazkur tadbirni rasman ochib berdilar.
Tadbirimizda Qo‘ng‘irot tumani MMTBga qarashli 41-sonli, 24-sonli, 20-sonli hamda 53-sonli umumta’lim maktablari o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining mazmunli musiqiy chiqishlari, Vatan va mustaqillikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari hamda sahna ko‘rinishlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan badiiy va musiqiy dasturlar tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, ona Vatan, tinchlik, do‘stlik va mustaqillikni ulug‘lovchi chiqishlar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, qarsaklar bilan qarshi olindi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat, yurt tinchligi va xalq birligiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir ko‘tarinki ruh, unutilmas taassurotlar va bayramona kayfiyat ostida yakunlandi.

