20May-2026
«Kutubxonaga sayohat»
#sayohat
2026-yil 20- may kuni Qo’ng’irot tumani axborot kutubxona markaziga MMTBga qarashli 53-sonli maktabning 3-sinf o’quvchilari sinf rahbari Xojabaeva Zamira boshchiligida sayohatga keldilar. Kutubxona faoliyati va kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumot berildi. Kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar va fondimizga kelib tushgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirib o’tildi.
O’quvchilar o’zlari o’qigan kitoblari, yod olgan she’rlarini aytib berishdi. Bolajonlar yozgi ta’tilni kitob mutolaasi bilan o’tkazishni maqsad qildilar.

