20May-2026
«Eng kitobxon oila»
#Tanlov
📘Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentabrdagi yalpi yigʻilishida 1994 yildan boshlab 15-may kunini “Xalqaro oila kuni” deb belgilangan.
Ushbu kunni oila kuni deb eʼtirof etilishining asosiy maqsadi, bir necha davlatlarning oilalarida mavjud boʼlgan muammolarga eʼtiborni qaratish koʼzlangan. Ushbu kunni oila kuni deb nishonlash esa oilalar oʼrtasida fuqarolarga taʼsir etuvchi ijtimoiy iqtisodiy va demografik jarayonlarni tahlil qilishga imkoniyat yaratib beradi. Oila jamiyatning alohida asosiy boʼgʼini sifatida unda insoniylik, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar, milliy mentalitet, etnik urf odatlar, avlodlarning oʼzaro azaliy bogʼliqligi va tarixiy chambarchasligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili boʼlib tan olingan. 2026 yil 15-may kuni Qoʻngʻirot tumani Axborot-kutubxona markazida 15-may Xalqaro “Oila kuni” munosabati bilan oilalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kitobxon oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tanlov tashkillashtirildi. 🔷Tanlovni Qoʻngʻirot tumani Axborot-kutubxona markazi direktori Dilorom Avezbayeva hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoʻngʻirot tumani boʻlimi boshligʻi Umida Tileumuratovalar ochib berdi va qatnashuvchilarni bugungi bayram bilan tabriklab, omadlar tiladi.
Tanlov 2 shartdan iborat boʻldi.
1-shart. Tezkor savol-javoblar.
2-shart. Kitob taqdimoti.
Tanlovda besh nafar oila ishtirok etdi.
Har bir shartni hakamlar hayati baholab bordi.📣Qizgʻin bellashuvlardan soʻng:
1-oʻrinni Toʻreniyazovlar,
2-oʻrinni Muxtarovlar,
3-oʻrinni Sagindikovlar,
4-oʻrinni Baymuratovlar
5-orinni Maueddinovlar oilasi egalladi. Gʻoliblar va faol ishtirok etgan qatnashuvchilar Axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

