21Apr-2026
Amaliy uslubiy yordam
Qo’ng’irot tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan MMTBga qarashli 47-sonli maktab kutubxonasiga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatildi.
Tashrif davomida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Kutubxona kundaliklari, ro’yxatga olish jurnali, kitobxon formulyarlari ko’rib chiqildi.
Maktab kutubxonachisi Torebaeva Zamiraga kutubxona xizmatlarini rivojlantirish bo’yicha maslahatlar berildi.
