21Apr-2026
«Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi»
2026-yil 20-aprel kuni Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida Inson huquqlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etilib, mazkur yo‘nalishdagi kitoblar muhokama qilindi. Unda Qo‘ng‘irot tumani Ichki ishlar bo‘limining sohaviy guruhlari vakillaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi. Davra suhbatida Qo’riqlash bo’limi xodimi Aytbev Sanjar so‘zga chiqib davra suhbatining mazmun-mohiyati ochib berdi. Keng jamoatchilikka o‘z haq-huquqlarini bilishlari zarur bo‘lgan masalalar haqida gapirildilar.Shuningdek, Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimi J.Toxtarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazdi.
❗️Bu kitob — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi — Shavkat Mirziyoyev tomonidan yozilgan bo‘lib, unda mamlakatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bayon qilingan.
Mazkur tadbir ishtirokchilarga inson huquqlarini himoya qilish, huquqiy madaniyatni oshirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.
