21Apr-2026
“Yoshlar – kelajak bunyodkori”mavzusida kitoblar yarmarkasi
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida “Har payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar – kelajak bunyodkori”mavzusida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 1-mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi xodimlari ham faol ishtirok etdi. Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni ilm-fan va ma’naviyatga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.Yarmarkada turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy hamda zamonaviy adabiyotlar keng namoyish etildi. Ayniqsa, yoshlar orasida ommalashgan asarlar, motivatsion kitoblar hamda milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi adabiyotlarga alohida e’tibor qaratildi.Tadbir davomida kitobxonlar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan kitoblarni tanlash, mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

