21Apr-2026
«Yangi O’zbekiston – yangicha qarash»
2026-yil 16-Aprel kuni Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida Qo‘ng‘irot tumani 27-sonli manzil koloniyasida kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan «Yangi O’zbekiston – yangicha qarash» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir jamiyatda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ayniqsa, jazoni ijro etish muassasalarida ma’naviy muhitni boyitish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman hokimligining Din ishlari bo‘yicha mutaxassisi Yu. Kalekeev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo’ng’irot tumani bo‘linmasi bosh mutaxassisi A. Tureev tuman hamda Axborot-kutubxona markazi xodimlari P. Redjepova, M.Ismaylova, N.Saribayevalar ishtirokchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning tafakkur va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, turli janrdagi badiiy va ilmiy adabiyotlar namoyish etilib, mahkumlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mutaxassislar va soha vakillari tomonidan kitob mutolaasi insonni ma’naviy jihatdan yuksaltirishi, ijobiy fikrlashni shakllantirishi hamda kelajak sari to‘g‘ri yo‘l tanlashda muhim omil ekanligi ta’kidlandi.
Bunday tashabbuslar jamiyatning barcha qatlamlarida, xususan, yopiq muassasalarda ham ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Zero, kitob – inson qalbini tarbiyalaydigan, uni yangi marralar sari yetaklaydigan eng muhim manbadir.
Tadbir yakunida Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomindan turli janrdagi adabiyotlardan iborat kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirilib, ishtirokchilarga keng tanlov imkoniyati yaratildi. Maxbuslar o’zlari qiziqtirgan kitoblari haqida mutaxassislardan ma’lumotlar olishdi.

