21Apr-2026
“Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot.
2026-yil 16-Aprel kuni Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida Qo‘ng‘irot tumani Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman Gaz ta’minoti xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi boshlig‘i U. Tleumuratova, tuman hokimligining Din ishlari bo‘yicha mutaxassisi Yu. Kalekeev hamda “Nuroniy” jamg‘armasi boshlig‘i Q. Qurbanbayev so‘zga chiqib, jamiyatda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrashda ma’rifatning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbir davomida kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida bir qator asarlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi boshlig‘i U. Tleumuratova Xayriddin Sultonning “Yaldo kechasi”, Qo‘ng‘irot tumani Axborot kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimi Abdurashid Nurmuradovning “Qonli yorgaklar” hamda tuman hokimligining Din ishlari bo‘yicha mutaxassisi Yu. Kalekeev M. Nizanovning “Aqshagul” asarlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ma’rifatni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
