20Apr-2026
Qatag’on qurbonlarini yod etish
Qatagon_qurbonlarini_yod_etish_orqali_yosh_avlodni_vatanparvarlik_ruhida_tarbiyalash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yil 13–17-aprel kunlari yurtimiz bo‘ylab VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” keng nishonlanmoqda.
2026-yil 13-Aprel kuni
📖 “Kitobsevar millat” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🎓 Mazkur davra suhbatida Qo‘ng‘irot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 53-sonli maktab o‘quvchilari hamda maktab kutubxonachisi Orazbayeva Barno faol ishtirok etdilar.
🗣 Davra suhbati davomida qatag‘on qurbonlarining og‘ir taqdiri, ularning ilm-fan, madaniyat va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosini qadrlash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
