20Apr-2026
VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» ning ochilish marosimi
#Kitobsevar_millat #Ochilish_marosimi #Kitoblar_korgazmasi
📚O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kutubxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yil 13–17-aprel kunlari yurtimiz bo‘ylab VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” keng nishonlanmoqda.
📖 “Kitobsevar millat” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida ham ushbu haftalik doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Haftalikning tantanali ochilish marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi boshlig‘i U.Tlewmuratova, tuman hokimligining din ishlari bo‘yicha mutaxassisi Yu. Kalekeev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi Qo‘ng‘irot tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi Sanjar Aytbayev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni ushbu «Kitobsevar millat» shiori doirasida ótkaziladigan VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» ning ochilish marosimi bilan samimiy tabrikladilar.
Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, mutolaaning tafakkur va dunyoqarashni kengaytirishdagi beqiyos roli haqida alohida ta’kidlab o‘tildi. Bayramning badiiy qismi esa yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Qo‘ng‘irot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 53-, 18-, 41-sonli maktab o‘quvchilari hamda 22- va 6-sonli maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va musiqiy chiqishlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
🎨 Qo’ng’irot tumani “Kelajak” markazi o‘quvchilari ham tadbirda faol ishtirok etib, o‘zlarining rang-barang va mazmunli rasmlari bilan barchaning e’tiborini tortdilar.
🖌 Ular tomonidan chizilgan ijodiy ishlar kitob, bilim va ma’naviyat mavzularini yorqin aks ettirib, ko‘rgazmaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
🎉 Tadbirimiz yakunida yil davomida muntazam ravishda kitob mutolaasi bilan shug‘ullanib kelayotgan nuroniy ota-onalar alohida e’tirof etildi.
🏅 Shuningdek, “Kitobxonlik haftaligi”da faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga tashakkurnomalar topshirildi.
📚 Tadbir doirasida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi esa kitobsevarlar uchun haqiqiy ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qildi.
✨ Kitobxonlik haftaligi davom etadi! Barchani ushbu kitobxonlik haftaligida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
#KitobxonlikHaftaligi



















