20Apr-2026
Kutubxonaga sayohat
#Kutubxonaga_sayohat
2026-yil 11-aprel kuni Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markaziga Maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotiga qarashli 35-sonli maktab o‘quvchilari uchun sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi, kitoblarni olish va qaytarish qoidalari, kutubxona fondidan samarali foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, kutubxonada mavjud bo‘lgan “O‘lkam tarixi” burchagi bilan yaqindan tanishtirildi. O‘quvchilar Mahalliy tarixga oid kitoblar, albomlar, ensiklopediyalar va foto materiallar orqali o‘z yurtining boy tarixiy merosi bilan tanishdilar.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Sayohat faol va mazmunli ruhda o‘tdi. ✅
Qońırat rayonı Málimleme kitapxana orayı
