20Apr-2026
Kitobxon ona
#Kitobxon_ona
📚Kitob mutolaa qilayotgan ona — farzand tarbiyasining eng go‘zal namunasidir.
2026-yil 10-aprel kuni Qo‘ng‘irot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxon onalardan biri — “Sanoat” MFYda istiqomat qiluvchi Ariqalieva Qatira kitobxon onamiz xonadoniga bo’ldik.
Tashrif davomida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida suhbatlar o‘tkazilib, onaxonga badiiy adabiyotlar yetkazib berildi.
Zero, kitobxon onalar — jamiyat ma’naviyati va kelajak avlod tarbiyasining mustahkam tayanchidir. 📖✨
