20Apr-2026
Kitob mening do’stimsan
#Kitob_mening_dostimsan
Har yili 2-aprel sanasi butun dunyoda Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana 1967-yildan buyon bolalarga kitob o‘qishning ahamiyatini targ‘ib qilish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda bolalar adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.
Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, suhbatlar, kitob ko‘rgazmalari va uchrashuvlar tashkil etiladi. Bu sana bolalarda kitobga mehr uyg‘otish, ularni mutolaaga rag‘batlantirish hamda bolalar adabiyotining jamiyatdagi o‘rnini yana bir bor e’tirof etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan, 2026-yil 2-aprel kuni Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotiga qarashli 16-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida “Kitob mening do‘stimsan” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, bolalar adabiyotining tarbiyaviy va ma’naviy kuchi haqida atroflicha fikr almashildi. O‘quvchilarga kitob va mutolaaning foydasi haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir jarayonida kitob haqida videorolik namoyish etildi. O‘quvchilar videorolik orqali kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.
Tadbirning qiziqarli qismi sifatida savol-javoblar tashkil etildi. Unda o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘z bilim va fikrlarini namoyon etdilar. Tadbir yakunida kutubxona tomonidan faol qatnashgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari va rag‘batlantiruvchi tuhfalar topshirildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yosh kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni muntazam mutolaa qilishga chorlash hamda kitobni eng yaqin do‘st sifatida qadrlash tuyg‘usini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
📱 (https://jomboy.takm.uz/)Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ⬇️
Telegram (https://t.me/kungradakm)/Facebook (https://www.facebook.com/share/1BAAH2U7RB/)/Instagram (https://www.instagram.com/kutubxona_2019)/YouTube (https://youtube.com/@qongirot_kutubxona_2019?si=CZVWkEFaRxkjyLc7)




