30Mar-2026
«Interaktiv mutolaa» mavzusida viktorina
2026-yil 25-Mart kuni Qo‘ng‘irot tumani Maktabgacha ta‘lim va maktab ta’lim tashkilotiga qarashli 16-sonli maktabida Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazining «Minimum» klubi a‘zolari ishtirokida «Interaktiv mutolaa» mavzusida viktorina tashkil etildi.
Tadbir interaktive shaklda o‘tkazilib, ishtirokchilarning mutolaa madaniyatini oshirish, kitobga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.
Viktorina davomida qatnashchilar o‘qilgan asarlar yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, faol ishtirok etdilar.
Bunday mazmunlar tadbirlar yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
