30Mar-2026
«Kitobxon onalar kuni»
Jamiyat taraqqiyoti, avvalo, ma’rifatli va ongli avlod tarbiyasiga bog‘liq. Bu yo‘lda esa onaning o‘rni beqiyosdir. Shu bois bugun 19-mart “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatida onalarning kitobga bo‘lgan muhabbati, ularning farzand tarbiyasidagi o‘rni va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdagi hissasi alohida e’tirof etildi. Kitobxon onalar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh avlodni kitob o‘qishga undash, ularning dunyoqarashini kengaytirishda adabiyotning o‘rni haqida fikr bildirdilar.
A.Yakupbayeva Ch. Aytmatovning «Asrni qaritgan kun» va P. Rejepova M. Nizanovning «Hawa kemesindegi ekew» asari haqida so’zlab berdilar va o’z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
