30Mar-2026
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!”
Qo‘ng‘irot tumanida Navro‘z umumxalq bayrami “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida ko‘tarinki ruhda, katta shodiyonalar bilan keng nishonlandi. Tumanning barcha hududlarida xalq sayillari tashkil etilib, milliy an’ana va qadriyatlarimiz yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Ko‘p millatli tumanimizda Navro‘z bayrami millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik timsoli sifatida yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Turli millat va elat vakillari bir sahnada jam bo‘lib, yagona oila bo‘lib yashayotganimizni yana bir bor namoyon etdilar.
Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, folklor chiqishlari va sahna ko‘rinishlari barchaga unutilmas kayfiyat ulashdi. Shuningdek, milliy sport va xalq o‘yinlari — kurash musobaqalari, arqon tortish va turli xalqona bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda bo‘lib o‘tdi.
Bayram munosabati bilan Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitoblar ko‘rgazmasi, milliy madaniy meroslar va milliy kiyimlarda ishtirok etdilar.

