17Mar-2026
«Kitobxonlik tanlovi»
«Kitobxonlik tanlovi»
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi PQ-9-son qarori hamda Ichki Ishlar vazirligining 2023-yil 30-may kunidagi «Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o’tayotgan mahkumlar bilan tarbiyaviy va ijtimoiy-psixologik ishlarni tashkil etish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida»gi 284-sonli buyrug’i talablariga muvofiq, jazoni ijro etish koloniyalari, manzil-koloniyalari hamda tergov hibsxonalarida jazo muddatini o’tayotgan mahkumalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida 10-mart kuni «Kitobxonlik tanlovi» bo’lib o’tti. Ko’rik tanlov Qo’ng’irot tumani Axborot kutubxona markazi va 27-sonli manzil koloniyasi xodimlari bilan hamkorlikda tashkillashtirildi.

